Jinoyat-ijroiya kodeksi 46-modda. Manzil-koloniyalar

Manzil-koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi: ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun shuningdek qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalar; umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan oʻtkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar.