Jazoni oʻtash davrida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning saqlash sharoiti bir muassasa doirasida yoki boshqa turdagi muassasaga oʻtkazish yoʻli bilan yengillashtirilishi yoxud ogʻirlashtirilishi mumkin. Mahkumlarni saqlash sharoiti ragʻbatlantirish tarzida quyidagicha yengillashtirilishi mumkin: muassasa boshligʻining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 102 , 104-moddalariga muvofiq; sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasiga muvofiq. Mahkumlarni saqlash sharoiti intizomiy jazo tarzida quyidagicha ogʻirlashtirilishi mumkin: muassasa boshligʻining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 105 , 106-moddalariga muvofiq; sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasi va 542-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq.