Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqariladigan muayyan mahsulot turlari uchun buyurtmalarni taqsimlaydi; ishlab chiqarish korxonalarini moddiy-texnika bilan taʼminlash choralarini koʻradi; ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishni, ishlab turgan korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishni moliyaviy taʼminlaydi; korxona, muassasa va tashkilotlarni mahkumlar mehnatidan foydalanishga jalb etishga imkon yaratib beradi; korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan mahkumlarga yoziladigan ish haqi miqdorini belgilab beradi. Mahkumlarni ish bilan taʼminlash jazoni ijro etish muassasalarida yoki ulardan tashqarida ish oʻrinlarini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.