Jinoyat kodeksi 102-modda. Ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish

Ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish — ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ehtiyotsizlik orqasida ikki va undan ortiq odam oʻldirish — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.