Jinoyat kodeksi 115-modda. Ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash

Ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash, agar homila sunʼiy tushirilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.