Hayoti yoki sogʻligʻi xavf ostida qolgan va oʻzini oʻzi himoya qilish imkoniyatidan mahrum boʻlgan shaxsga yordam koʻrsatmaslik, basharti, aybdor bunday ahvoldagi shaxsga yordam berishi shart va bunday imkoniyatga ega boʻlsa yoxud aybdorning oʻzi jabrlanuvchini xavfli ahvolga solib qoʻygan va bu hol badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga olib kelsa, — uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar: a) odamlar oʻlimiga; b) boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.