Jinoyat kodeksi 147-modda. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilish

Fuqarolarning deputat yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash yoki saylanish, saylovoldi targʻiboti olib borish huquqlarini, deputatlikka yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod shaxsning ishonchli vakillari oʻz vakolatlarini erkin amalga oshirishlariga, shuningdek fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, aldash yoki ogʻdirib olish yoʻli bilan toʻsqinlik qilish — toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.