Jinoyat kodeksi 16-modda. Jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari

Jinoyat uchun javobgarlik — jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud boʻlgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.