Jinoyat sodir etgunga qadar oʻn olti yoshga toʻlgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat sodir etgunga qadar oʻn toʻrt yoshga toʻlgan shaxslar ushbu Kodeks 97 , 98 , 104 — 106 , 118 , 119-moddalari , 126¹-moddasining toʻrtinchi — sakkizinchi qismlarida , 137 , 164 — 166 , 169-moddalari , 173-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 220 , 222 , 247 , 252 , 263 , 267 , 271-moddalari , 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar. Ushbu Kodeksning 122 , 123 , 125¹-moddalarida , 126¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida , 127 , 127¹ , 128¹ , 144 , 146 , 193 — 195 , 205 — 210 , 225 , 226 , 230 — 232 , 234 , 235 , 276¹⁰ , 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgunga qadar oʻn sakkiz yoshga toʻlgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq va ushbu Kodeksning Umumiy qismi oltinchi boʻlimida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar.