Jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini toʻliq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi. Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.