Jinoyat kodeksi 19-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik

Mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos boʻlmaydi.