Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim boʻlgan faoliyat (harakatlar) bilan xabarnoma yubormasdan shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima yoki bir yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud bir yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorda jarima yoki ikki yuz soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud ikki yuz oʻttiz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki oʻn oygacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining toʻqson baravari miqdorida jarima yoki ikki yuz ellik soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik besh baravari miqdorida jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir