Jinoyat kodeksi 215-modda. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish

Oʻzbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.