Jinoyat kodeksi 229-2-modda. Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish

Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz voyaga yetmagan shaxsga diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek voyaga yetmagan shaxsga xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.