Jinoyat kodeksi 23-modda. Murakkab aybli jinoyat

Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bogʻlagan boʻlsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.