Jinoyat kodeksi 234-modda. Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish

Bila turib, qonunga xilof ravishda ushlab turish, yaʼni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan qonuniy asosga ega boʻlmagan holda shaxs erkinligining qisqa muddatga cheklanishi — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bila turib, qonunga xilof ravishda hibsga olish yoki hibsda saqlash — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.