Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, yaʼni maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik koʻrsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun oʻzboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qoʻrqitish, urish, doʻpposlash, qiynash, azob berish yoʻli bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim oʻtkazish yoki boshqacha tarzda bosim oʻtkazish, — muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlikni qoʻllagan holda yoxud shunday zoʻrlikni qoʻllash tahdidi bilan; b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab boʻyicha; v) bir guruh shaxslar tomonidan; g) takroran; d) keksa shaxsga yoki nochor ahvoldagi shaxsga, voyaga yetmagan shaxsga yoxud homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; e) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; j) hayotga va sogʻliqqa zarar yetkazishi mumkin boʻlgan ashyolar qoʻllanilib; z) dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida sodir etilgan boʻlsa, — muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa ogʻi