Jinoyat kodeksi 239-modda. Surishtiruv, dastlabki tergov yoki yopiq sud majlisi maʼlumotlarini oshkor qilish

Surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ruxsatisiz, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik majburiyati oʻz zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan ularni oshkor qilish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.