Jinoyat kodeksi 253-modda. Radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish

Radioaktiv materiallarni saqlash, hisobga olish, ulardan foydalanish, ularni tashish, joʻnatish va ular bilan muomalada boʻlishning boshqa qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) odam oʻlishiga; b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.