Jinoyat kodeksi 256-modda. Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish

Ilmiy tadqiqot yoki sinov tajriba faoliyatini amalga oshirish vaqtida xavfsizlik qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi uchun masʼul shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa; b) koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) odam oʻlishiga; b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.