Jinoyat kodeksi 265-modda. Xalqaro uchish qoidalarini buzish

Ruxsatnomada koʻrsatilgan uchish yoʻnalishiga, qoʻnish joylariga, havo darvozalariga, uchish balandligiga rioya qilmaslik yoki xalqaro uchish qoidalarini boshqacha tarzda buzish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.