Jinoyat kodeksi 271-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda egallash

Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda, oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan egallash — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 273 — 276⁸-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan; g) talonchilik yoʻli bilan; d) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilib; e) tovlamachilik yoʻli bilan; j) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab; v) bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.