Jinoyat kodeksi 276-1-modda. Gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish

Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash yoki qayta ishlash uchun gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish yoki saqlash, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar: a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 276 va 276²— 276⁸-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar: a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; b) ikki yoki undan ortiq gʻayriqonuniy narkolaboratoriyalar tashkil etgan holda sodir etilgan boʻlsa, — oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi.