Jinoyat kodeksi 289-modda. Halok boʻlayotgan harbiy kemani tashlab ketish

Halok boʻlayotgan harbiy kemani oʻz xizmat vazifalarini oxirigacha bajarmagan komandir tomonidan, shuningdek, komandirning tegishli farmoyishi boʻlmasdan kema komandasi tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab ketilishi — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.