Jinoyat kodeksi 299-modda. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini buzish

Uchish yoki uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini, shuningdek, uchish apparatlaridan foydalanish qoidalarini buzish halokat yuz berishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.