Jinoyat kodeksi 302-modda. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash

Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning oʻz xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki vijdonsizlarcha munosabatda boʻlishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.