Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qoʻllanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir. Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga toʻsqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qoʻllaniladi.