Intizomiy qismga joʻnatish — muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisini sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq boʻlgan maxsus harbiy qismga joylashtirish orqali, muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etishdir. Intizomiy qismga joʻnatish jazosi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga shu muddatga intizomiy qismga joʻnatish jazosini qoʻllashi mumkin.