Jinoyat kodeksi 52-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish

Harbiy yoki maxsus unvonga ega boʻlgan shaxs ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat uchun hukm qilinganida sud hukmi bilan mazkur unvondan mahrum qilinishi mumkin. Oliy harbiy yoki maxsus unvonga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotiga ega boʻlgan shaxs ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinganida sudning hukm asosida kiritadigan taqdimnomasiga binoan mazkur unvon yoki mukofotdan mahrum qilinishi mumkin.