Jinoyat kodeksi 56-modda. Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar

Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar deb topiladi: a) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan; v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan; d) oʻta shafqatsizlik bilan; e) koʻpchilik uchun xavfli boʻlgan usulda; j) yosh bola yoki ruhiy holatining buzilganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsdan foydalangan holda; z) jinoyat natijasida ogʻir oqibatlarning kelib chiqqanligi; i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida; k) gʻarazli yoki boshqacha past niyatlarda; l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida; m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan; n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi; o) mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida jinoyat sodir etish. Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyatini eʼtiborga olib, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni ogʻirlashtiruvchi holat deb topmasligi ham mumkin. Sud jazo tayinlashda ushbu moddada nazarda tutilmagan holatlarni ogʻirlashtiruvchi holat deb topishi mumkin emas. Ushbu holatlar Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.