Jinoyat kodeksi 58-modda. Tamom boʻlmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash

Sud tamom boʻlmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qilgan holda jinoyatning ogʻir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini ham hisobga oladi. Jinoyatga tayyorgarlik koʻrganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng koʻp jazoning toʻrtdan uch qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida: a) oʻta xavfli retsidivistlarga, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma aʼzolariga nisbatan; b) tinchlik va xavfsizlikka qarshi tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun, shuningdek quyidagilar bilan: javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish bilan; oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan; oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan; voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish bilan; voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qoʻshmachilik qilish, fohishaxonalarni tashkil etish yoki saqlash bilan; yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirgʻin qurolini, bunday qurol yaratishda foydalanish mumkinligi ayon boʻlgan materiallarni hamda uskunalarni, radioaktiv materiallarni kontrabanda qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar uchun jazolar tayinlashda qoʻllanilmaydi. Tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud har qaysi aybdorning jino