Jinoyat kodeksi 61-modda. Jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari

Har xil turdagi asosiy jazolarni qoʻshganda ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni: a) ozodlikni cheklashning yoki intizomiy qismga joʻnatishning bir kuniga; b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat boʻyicha cheklashning uch kuniga; v) majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatiga toʻgʻri keladi. Jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikni cheklash, xizmat boʻyicha cheklash, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari jazosi bilan qoʻshilganda har qaysisi alohida ijro etiladi.