Sud jazo tayinlash chogʻida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy qamogʻining har bir kunini: a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga joʻnatishning, ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga; b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat boʻyicha cheklashning uch kuniga; v) majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatiga tenglashtirib hisoblaydi. Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlashning bir kunini bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi.