Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, qamoq, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolarning muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanadi. Jazolarni almashtirish, hisoblash, qoʻshish vaqtida ularning muddatlari sutkalar bilan hisoblanishi mumkin. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning muddatlari soatlar bilan hisoblanadi.