Jinoyat kodeksi 82-modda. Jarima

Jarima bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi. Mahkum jarima toʻlashdan olti oy muddat mobaynida boʻyin tovlasa, sud toʻlanmagan jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimani majburiy jamoat ishlarining ikki soatiga tenglashtirgan holda hisoblab, majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi jarimani axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirgan holda hisoblab, axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.