Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir oydan oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi, ushbu Kodeks 86-moddasining ikkinchi , uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan: b) ogʻir jinoyat uchun — olti yilgacha; v) oʻta ogʻir jinoyat uchun — oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi. Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan: b) ogʻir jinoyat uchun — yetti yilgacha; v) oʻta ogʻir jinoyat uchun — oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi. Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi. Hukm chiqarish paytida oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida oʻtash tayinlanadi.