Soʻroq qilinuvchining koʻrsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa maʼlumotlarga taalluqli boʻlsa, u soʻroq jarayonida oʻzidagi yoki ishga qoʻshib qoʻyilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin. Soʻroq qilinuvchiga soʻroq qilish jarayonida oʻzidagi hujjatlar va boshqa yozuvlarni oʻqib eshittirishga ruxsat etilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud soʻroq qilinuvchidan soʻroq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar va boshqa yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qoʻshib qoʻyishi mumkin.