Soʻroq qilinuvchining ilgarigi soʻroqda bergan koʻrsatuvlari faqat uning hozirgi soʻroqda bergan koʻrsatuvlari tinglanib, qayd qilinib, u imzo chekkanidan keyin va quyidagi hollarda oʻqib eshittirilishi mumkin: 1) hozirgi va ilgarigi soʻroqlarda berilgan koʻrsatuvlar oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklar boʻlganda; 2) soʻroq qilinuvchi sudda koʻrsatuv berishdan bosh tortganda; 3) ish soʻroq qilinuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqilayotganda.