Jinoyat-protsessual kodeksi 115-modda. Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida soʻroq qilinishi mumkin boʻlmagan shaxslar

Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida: 1) hukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan masalalarni maslahatxonada muhokama qilishga oid holatlar toʻgʻrisida — sudyani va xalq maslahatchisini; 2) jinoyat ishi yuzasidan oʻz vazifalarini bajarishlari natijasida oʻzlariga maʼlum boʻlgan holatlar toʻgʻrisida — himoyachini, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakilini; 3) ruhiy holati buzilganligi yoki jismoniy nuqsoni sababli ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatni toʻgʻri idrok etish va bu haqda koʻrsatuv bera olish layoqatiga ega boʻlmagan shaxsni soʻroq qilish mumkin emas.