Jinoyat-protsessual kodeksi 118-modda. Alohida holatlarni bahona qilib koʻrsatuv berishdan bosh tortishga yoʻl qoʻyilmasligi

Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan aniqlanayotgan holatlar oʻzida davlat sirlarini yoki kasb sirini yoxud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoxud boshqa shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettirganligini bahona qilib, guvoh va jabrlanuvchi koʻrsatuv berishdan bosh tortishga haqli emas. Aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar oʻzida davlat sirini yoki kasb sirini aks ettiradi yoxud shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlariga tegishli deb hisoblash uchun asos boʻlganda, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish chogʻida bu holatlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrishi shart.