Jinoyat-protsessual kodeksi 129-modda. Koʻchmas obyektni tanib olish uchun koʻrsatish tartibi

Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi joy, bino, binodagi alohida xona yoki boshqa koʻchmas obyekt nomini aytib va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan oʻrnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan obyektga borish yoʻlini koʻrsatishga istak bildirsa, unga shu obyektni koʻrsatishiga imkon beriladi. Surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar yoxud sud tarkibi va taraflar tanib oluvchi bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun koʻrsatish ishtirokchilari shu joydan boshlab tanib oluvchining koʻrsatuvi boʻyicha yura boshlaydilar. Bunda tanib oluvchiga tanib olish uchun koʻrsatishning boshqa ishtirokchilari yoki yot shaxslar tarafidan yoʻnalish aytib qoʻyilishining oldini olish choralari koʻrilishi lozim.