Jinoyat-protsessual kodeksi 145-modda. Guvohlantirish haqidagi qarorning yoki ajrimning majburiyligi

Surishtiruvchining, tergovchining guvohlantirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori yoki sudning shu toʻgʻridagi ajrimi qaysi shaxs xususida chiqarilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga nisbatan majburiydir. Guvohlantirishdan bosh tortayotgan shaxslar majburiy keltirilishi va guvohlantirilishi mumkin.