Jinoyat-protsessual kodeksi 151-modda. Murdani eksgumatsiya qilish bayonnomasi

Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksgumatsiya jarayoni va natijalarini sud majlisining bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomaga qabr, tobut va murdaning fotosuratlari, kinotasvir va videoyozuvlari ilova qilinishi mumkin. Murda eksgumatsiya qilinganidan soʻng koʻzdan kechirish, tanib olish yoki ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish amalga oshirilgan boʻlsa, mazkur tergov harakatlari toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.