Jinoyat-protsessual kodeksi 159-modda. Olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim

Olib qoʻyish surishtiruvchining yoki tergovchining qarori yoxud sudning ajrimiga koʻra oʻtkaziladi, bunda ular olib qoʻyishni oʻtkazishni surishtiruv organiga yoki tergovchiga topshirishga haqli. Olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda bu harakat qayerda va kimnikida bajarilishi zarurligi, qaysi narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar olib qoʻyilishi lozimligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.