Jinoyat-protsessual kodeksi 16-modda. Odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish

Jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlov fuqarolarning, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.