Jinoyat-protsessual kodeksi 164-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv toʻgʻrisidagi qaror va bayonnomaning nusxasini topshirish shartligi

Olib qoʻyish yoki tintuv toʻgʻrisidagi qaror va bayonnomaning nusxasi yo sud majlisining olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bayonnomasidan koʻchirma tintilgan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolariga, ular boʻlmagan taqdirda esa, tegishli hokimlik yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Zarur hollarda mazkur shaxslarga olib qoʻyilayotgan hujjatlarning nusxalari beriladi.