Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining boshqa shaxslarga yuborgan yoxud boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf joʻnatmalarida sodir etilgan jinoyatga doir maʼlumotlar yoki ish uchun ahamiyatga molik hujjatlar, buyumlar bor deb gumon qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlganda, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi mazkur shaxslarning barcha pochta-telegraf joʻnatmalarini yoki ularning ayrimlarini xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur tergov harakatini oʻtkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Xatlab qoʻyilishi mumkin boʻlgan pochta-telegraf joʻnatmalari jumlasiga barcha turdagi xatlar, telegrammalar, radiogrammalar, banderollar, posilkalar, pochta konteynerlari kiradi. Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorida: xat-xabarlari ushlab turilishi lozim boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; bu shaxsning doimiy yashash joyi manzili; xatlanayotgan pochta-telegraf joʻnatmalarining turlari; xatlash chorasining muddati; joʻnatmalarni ushlab turish va bu haqda prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga maʼlum qilish majburiyati yuklatilgan aloqa muassasasining nomi koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. Tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. Prokuror pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yuborgan pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi