Jinoyat-protsessual kodeksi 181-modda. Ekspertiza oʻtkazishda majburlov chegarasi

Murakkab tibbiy tekshiruv usullaridan, shuningdek kuchli ogʻriq berish bilan bogʻliq usullardan majburiy foydalanishga faqat ekspertiza oʻtkazilayotgan shaxsning roziligi bilan, agar ushbu shaxs voyaga yetmagan yoki uning ruhiy holati buzilgan boʻlsa, uning qonuniy vakilining, vasiysining yoki homiysining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.