Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli: tekshirilayotgan subyektning hududini va binolarini tekshirish, uning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish; taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni talab qilib olish; tekshirilayotgan subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, moddiy javobgar xodimlaridan hamda boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olish; qonunchilikning aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish; obyektiv asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, taftish oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga iltimosnoma kiritish; ushbu Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga harakatlarni bajarish. Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari va vakillari tomonidan ijro etilishi shart. Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida: xizmat guvohnomasini, shuningdek taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomani taqdim etishi; taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qoʻydirib topshirishi; tekshirilayotgan subyektlar faoliyatining amalga oshirilishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi va faoliyatining toʻxtatib qoʻyilishiga yoʻl qoʻymasligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmasligi; yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilishi; tekshiruvla