Jinoyat-protsessual kodeksi 19-modda. Sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi

Barcha sudlarda jinoyat ishlari oshkora koʻriladi, bundan davlat sirlarini qoʻriqlash manfaatlariga zid keladigan hollar, shuningdek jinsiy jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar koʻrilayotgan hollar mustasno. Sudlarda jinoyat ishlarini oshkora koʻrish sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi maʼlumotlarni yoki ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida hamda jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ular oila aʼzolarining yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini taʼminlash taqozo etilgan hollarda boshqa ishlarni sud ajrimi bilan yopiq sud majlisida koʻrishga yoʻl qoʻyiladi. Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni joʻnatgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan oʻqib eshittirilishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida oʻqib eshittiriladi va tekshiriladi. Ishni yopiq sud majlisida koʻrish barcha protsessual qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ishni yopiq majlisda koʻrish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi butkul muhokamaga nisbatan yoki uning alohida qismlariga nisbatan chiqarilishi mumkin. Bu ajrim sud majlisiga yigʻilganlarga taalluqli boʻlib, jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Yopiq sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday majlisni audio- va videoyozuvga olish esa amalga oshirilmaydi. Sud sudlanuvchining va jabrlanuvchining yaqin qarindoshlarini, shuningdek boshqa shaxslarni yopiq majlislarda tekshiriladigan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va tafsilotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirib, ularning bu majlislarda hozir boʻlishiga rux